tirmizak
bilan ulashing
1. kest. Hali qoʻlidan biror ish kelmaydigan, turmushning ogʻir-yengilini koʻrmagan shaxs maʼnosida qoʻllanadi.
-
Sen men aytadigan ashulaga ham chang soldingmi, indamagan sari boshimga chiqib olmoqchimisan hali tirmizak. S. Karomatov, Hijron
-
Hamma yigitlar urushga ketdi. Dalada xotinlar-u qarilar, tirmizakday boʻlib biz, bolalar, ishlaganmiz. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Shoʻx bolalarga nisbatan shumtaka, tirrancha kabi maʼnolarda ishlatiladigan undalma.
-
Hoy, omon boʻlgurlar, bularni [bolalarni] qayerdan topdinglar? Qidirmagan joyim qolmadi-ya! Ha, tirmizaklar! P. Qodirov, Qalbdagi quyosh
-
Mabodo bironta bola tomdagi kaptarga tosh otsa, shiferni teshasan, tirmizak, deb uyigacha quvib boradi. S. Ahmad, Choʻl shamollari
TIRMIZAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРМИЗАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirmizak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar