tirmash
bilan ulashing
1. Mahkam yopishib, chirmashib, yuqori koʻtarilmoq, yuqoriga chiqmoq.
-
Sakkizta bola birdan: Boʻpti, juda soz! deyishdi-da, devorga tirmashib, tomga gʻizillashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ana, ular choʻqqining yonboshida yoʻl topib, echkilarday yuqoriga tirmashib ketishdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Mahkam ushlamoq, yopishmoq.
-
Men yugurib borib, otamning oyogʻiga yopishdim, rangi quv oʻchgan, titrab turgan Anvar uning ikkinchi oyogʻiga tirmashdi. H. Ahmar, Kim haq?
-
Nazokat ariqdan chiqib olishi bilan beliga va bilagiga qattiq titroq qoʻllar tirmashayotganini koʻrdi. A. Muxtor, Opa-singillar
TIRMASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРМАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirmash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar