tirqira
bilan ulashing
1. Har tomonga tarqalib ketmoq, qochmoq, toʻs-toʻs boʻlmoq.
-
Eshik ogʻzida uymalashib turgan qizchalar yon-yoqqa tirqirab, gʻoyib boʻlishgan edi. S. Anorboyev, Mehr
-
Ilgarilar bu yerga yelkasiga miltiq taqib, yonboshiga charm xalta osgan otliklar kelar, odamlar ularning qorasini uzoqdan koʻriboq, soliqchi derdilar va bekingani joy axtarib, tirqirab ketardilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Otilib chiqmoq, shiddat bilan chiqib, atrofga tarqamoq, sochilmoq (suyuqlik haqida). Yaradan qon tirqirab ketdi.
-
[Ergashning] Chap bosh barmogʻidan tirqirab qon oqyapti. A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar
-
U [Mayna] oʻzini bosishga urinsa ham boʻlmadi — ikki koʻzidan sevinch yoshlari tirqirab ketdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
TIRQIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРҚИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirqira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar