tirsak
bilan ulashing
1. Qoʻlning bilak suyagi bilan yelka suyagi qoʻshiladigan, bukilib bur-chak hosil qiladigan joyi, boʻgʻimi.
-
Nazokat tirsagini stolga qoʻydi-da, chiroyli panjalari bilan yuzlarini silab, noz va erkalik bilan soʻz boshladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
— Hammasini qanchaga bera-san? — deb Karim tirsagi bilan Oytoʻtini sekingina turtib qoʻydi. Oydin, Fonar tagida
-
Bondar chiqayotib, Anna Ivanovnaning tirsagidan odob bilan tutdi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Yengning qoʻlning shu yeriga toʻgʻri keladigan joyi, qismi.
-
Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib, tirsakkacha yirtildi. A. Qahhor, Anor
3. Narsalarning burchak hosil qilib bukilgan joyi yoki qismi.
-
Trubaning tirsagi. Valning tirsagi.
-
Eʼtiborsizlik, shoshqaloqlik qilinadi-yu, chiziqdan chiqishadi: lova muyulishida past-balandlik, bir metr keladigan qiytiq tirsak paydo boʻlib qoldi. Y. Shamsharov, Qahramonning yoʻli
4. tarixiy Uzatilgan qoʻl barmoqlarini uchidan tirsagigacha boʻlgan masofaga teng uzun-lik oʻlchovi birligi (taxminan yarim metr yoki undan oshiqroq).
tirsak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tirsakni tishlab boʻlmas
Tilda paydo boʻladigan soʻgalsimon boʻrtiq, chiqiq; sariqcha.
-
Tilimga tirsak chiqibdi.
tirsak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tilingga tirsak chiqarmidi
-
Kechiring meni, sizni bilmay, desa tiliga tirsak chiqarmidi?
TIRSAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРСАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirsak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar