zino
bilan ulashing
1. Nikohsiz, nosharʼiy jin-siy aloqada boʻlish; fahsh.
-
Bir shaharda bir buzuq xotin bor ekan. Shu xotin qariganda, qiyomat vahmiga tushib, aʼlamning oldiga boribdi: — Aʼlam pochcha, kishi zino qilsa nima boʻladi? — deb soʻrabdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mana shu tabiati bilan u [Qosim yuvosh] xiyonat, zinoni bilmagan ibtidoiy davr odamlarini eslatardi. Oʻ. Hakimali, Navbahor
2. koʻchma Gunoh, ayb.
-
— Bomdod namozida yo shariatga, yoinki zino ishlarga roʻyxushligingizni ayon qiling,— dedi mudarris Mamarajab. S. Siyoyev, Qiz bolaning pandi
-
Nasriddin ham ketar sal yiroq, Yuz bermasin tagʻin bir zino. M. Ali, Boqiy dunyo
zino soʻzi qatnashgan jumlalar:
Valadi zino
ZINO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИНО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zino so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar