banda
bilan ulashing
1. din. Olloh yaratgan, taqdiri uning qoʻlida boʻlgan kishi; Ollohning quli.
-
Xudoning bandasi.
-
Tangri oʻz bandalari orasida gʻayratlisini yoqtiradi. Hadis
-
Tangrining birodar bandalari boʻlinglar, oʻrtalaringda hasad, adovat, arazlash boʻlmasin. Hadis
-
Bandasi Ollohning irodasidan chiqa olmaydi. S. Ahmad, Ufq
2. so‘zlashuv tili Umuman odam, kishi.
-
Yaxshilikka oʻrgangan bir banda osonlik bilan oʻz yaxshiligini qoʻymaydir. A. Qodiriy, Kichik asarlar
-
Hech vaqt hukmdorlar huzuriga bosh egib borgan banda emasmen. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Agar banda sidqidil bilan xudodan soʻrasa, tomchi oʻrniga daryo bagʻishlaydi. Oybek, Nur qidirib
3. Kimgadir, biror kishiga qaram kishi; fuqaro.
4. koʻchma Biror narsaga butun vujudi bilan berilgan kimsa.
-
Nafs bandasi. Pul bandalari. Jigʻildon bandasi. Gʻilof bandasi.
-
— Nafs bandasi Birov ishdan kelsa, siz oshdan kelasiz, — dedi Meli polvon jahli chiqib. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Fabrikaga in qurgan bir hovuch pul bandalari ana shu shior ostida ishlaganlar. Gazetadan
-
Lekin bir kun emas, bir kun jigʻildon bandasi Abdullayev bilan choʻtalchi Moʻminovlarning chuv tushishi turgan gap. Mushtum
-
— Sizning nazaringizda, hamma xotinlar latta-putta bandalari, shundaymi, — dedi Kumush Kamoliddinga. T. Jalolov, Oltin qafas
-
Ozodlik maʼnosi bu emas, yolgʻon! Dollar bandasining soxta soʻzidir. R. Bobojon, Sheʼrlar
5. koʻchma Oshiq, maftun, shaydo boʻlgan kishi haqida.
-
Qizning choʻlpon koʻzi yuraklarga oʻt yoqarkan, qora qoʻngʻir sochi taqimiga urib turganini koʻrgan har bir yigit unga banda boʻlar ekan. N. Safarov, Katta karvon yoʻlida
-
Uch yil boʻldi, muntazirman oʻzingga, Jonim banda yarqillagan koʻzingga. Poʻlkan, Hasan batrak
banda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bandangiz yoki bandalari
-
— Amirim, — dedi moʻysafid soqolini tutamlab, — bu xokisor bandangizning bir qoshiq qonidan keching. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Dono tadbirni oʻrtaga soldingiz, pirim. Bandangizning fikricha, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoni qonuniy podshoh atab, muborak nomlarini xutbaga qoʻshib oʻqitmoq kerak! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Xom sut emgan banda
1. Opera va simfonik orkestrga qoʻshimcha cholgʻu ansambli sifatida kiritiluvchi puflama mis sozlar orkestri.
-
Banda ijro vaqtida sahna orqasiga joylashadi. OʻzME
2. Bosqinchilik, oʻgʻrilik, zoʻravonlik, qotillik bilan shugʻullanuvchi qurollangan toʻda.
-
Gitler bandalari bostirib kirganlarida, Narzi maktabda oʻqir edi. N. Safarov, Olovli izlar
BANDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАНДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
banda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar