bandi
bilan ulashing
1. Asir tushgan odam, tutqun, asir.
-
Bandi boʻlmoq.
-
Sarbozlar oʻn chogʻli kishini bandi qilib, Xivaga haydab ketdilar. S. Siyoyev, Avaz
-
Xolxoʻja bandilarning qoʻlini yechishni buyurib, koʻrpachadan joy koʻrsatdi. S. Ahmad, Hukm
2. Zindonga tashlangan, qamoqqa olingan odam.
-
Toʻrt bandini zindondan olib keldilar. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Joʻra shu Bekning sassiq qamoqxonasida bir yarim oy bandi boʻlib yotganida, oʻsha Nazar jallod har kuni ikki mahal Joʻrani qamchilatar edi. H. Shams, Dushman
3. koʻchma Biror narsaga, holatga berilib ketgan, biror kimsa yoki narsaga bogʻlanib qolgan; maftun.
-
U xayollariga bandi boʻlib, dam gʻazablanib, dam oʻziga-oʻzi tasalli berib borardi. Yoshlik
-
Koʻzi oʻtgan-ketganlarda, xayoli esa turli oʻylar toʻfoniga bandi boʻlgan. Yoshlik
-
Odam borki, kindik qoni tomgan yerga bandi u. Yoshlik
-
U hanuz bu qadar bekorchilikka bandi boʻlmagan edi. T. Malik, Qaldirgʻoch
4. koʻchma Kishanlangan, zanjirband.
-
Bolam Avaz, eshit mening hasratim, qoʻl-oyogʻim bandi, kimga aytayin dardim. Malikayi ayyor
BANDI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАНДИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bandi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BANDI so‘ziga berilgan ma’nolar
bandi so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar