bandalik
bilan ulashing
1. din. Bandaning olloh oldidagi qarzi; qismati; oʻlim, qazo qilish..
2. Shaxsning biror munosabat bilan qaramlik, tobelik holati.
-
Asarning oxirida qotilni politsiya qamoqqa oladi va bir muallim chiqib, chor hukumatiga qulluq va bandalik madhiyasini oʻqiydi. Hamza
bandalik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bandalik qilmoq, bandalikni bajo keltirmoq yoki topshirmoq
-
Bahrombekni zoʻrgʻa tashqariga olib chiqdi, fotiha qilib, bandalikni bajo keltirgan musofirning yuziga oq doka yopdi. Yoshlik
-
Dono momo bandalik qildi. Janozaga bordim. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Sodiq choʻpon bandalikni topshirdi. Yoshlik
Bandalik yoki bandalik-da
-
— Bandalik, oʻgʻlim, otangdan ajraldik, — deb bagʻriga bosdi. Yoshlik
-
— Bandalik ekan, aya! — notanish yigit maʼyuslanib gapirdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Mashinaga yaqinlashayotganda, shofyor yigit turib kelib, tirsaklaridan ushladi: — Bandalik, Rahimjon aka! Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
BANDALIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАНДАЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bandalik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar