shilta
bilan ulashing
1. sifatdosh Nihoyat darajada hoʻl, jiqqa hoʻl.
-
Yigitning terdan shilta boʻlgan koʻylagi badaniga yopishib qolgan, oʻzi ham nimadandir qoʻrqqan odamga oʻxshar, koʻzlari bejo edi. O. Yoqubov, Larza
-
Allaqachon shud-ring tushgan ekan, birpasda shimining pochalari shilta boʻldi. O. Husanov, Qoʻshiqchining taqdiri
2. ot Yomgʻir yogʻishi, qor erishi va shu kabilardan yuzaga kelgan bilch-bilch holat, yerning shunday holati.
-
Oyoq tagidagi qor shiltaga aylana boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
quruq va achchiq izgʻirin quyoshda shilta boʻla boshlagan qishloq koʻchalarini daranglatib qotirib tashlar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
SHILTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИЛТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shilta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar