shilpiq
bilan ulashing
1. tibbiy Koʻz jildi hamisha qizarib, yoshlanib turadigan yuqumli kasallik; traxoma.
-
Koʻzi shilpiq, yelkasi chiqiq boʻlsa ham, koʻngli toza, topilmaydigan odam. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Birov bukri, birov shol, birov shilpiq K. Yashin, Hamza
2. Shu kasallik tufayli koʻzdan toʻxtov-siz oqadigan yiringli yosh.
-
Maston xola yengi bilan koʻzlarining shilpigʻini artib boʻlgach, egachi-singilga bir-ikki qarab oldi. Uygʻun, Tursunoy
-
Uning [Mirhosilning] koʻzlarini shilpiq bosgan, choʻmichnusxa katta burni odatdagidan ham qizarib ketgan edi. H. Gʻulom, Senga intilaman
3. so‘zlashuv tili Shunday kasallikka yoʻliqqan kishi va uning ismiga qoʻshib aytiluvchi soʻz.
-
Shilpiq chiyillab gapiradi. Oybek, Bolalik
-
Moʻmin shilpiq Qoʻrgʻonchadagi bir bevaning qiziga uylanayotibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
SHILPIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИЛПИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shilpiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar