zindon
bilan ulashing
1. tarixiy Amir va xonlar zamonida yer ostiga qurilgan zax va qorongʻi qamoqxona.
-
Zulm zindondan yomon. Maqol
-
Mahbuslarga toʻlib zindonlar, Adolat deb toʻkildi qonlar. E. Rahim, Yangi qadam
2. koʻchma Azob-uqubat makoni; azobxona, gʻurbatxona.
-
Xuroson olimlar uchun zindon [dedi Badia]. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Hech maslahat chiqmadi, Er va xotin bemador: Boʻlgan edi keng dunyo Bular uchun zindon, tor. Gʻayratiy
-
Gulandom dutorni olib sozlarkan, dedi: — Dutor boʻlmasa, bu zindonda yuragim yorilib ular edim. Oybek, Tanlangan asarlar
zindon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻcha xandon, uy zindon
-
[Nafisa]
-
Bunday qarasa, qizi Surayyoning tili qaqa, shokoladga kelib, pildirab yurib ham ketdiki. Aʼzam dimogʻidan tushmaydi, yuzingda kuzing bormi, demaydi. Koʻcha xandon, uy zindon. Shuhrat, Jannat qidirganlar
ZINDON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИНДОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zindon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar