zimiston
bilan ulashing
1. Qish.
-
Zimiston faslida kirsang uyingga, Huzuri dil, chu bogʻ-u boʻston pech. Muqimiy
-
Har maysa, qiyoq qish uyqusidan uygʻonib, zimiston sovuqlaridan qutulib, yayrab-yashnagan. Sh. Rashidov, Asarlar
2. Yorugʻlik, oftob nuri tushmagan joy; qorongʻilik.
-
Zimiston. Eshik tirqishidan ipdek nur tushib turibdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Osmonda qora bulutlar paydo boʻlib, oʻrmon ichini zimistonga aylantirdi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir
3. sft. koʻchma Qop-qorongʻi, tim qorongʻi, zim-ziyo.
-
Dolon kunduz kunlari ham qorongʻi — zimiston boʻladi. J. Sharipov, Xorazm
-
Koʻzimni ochsam — uy zimiston, bolishni quchoqlab yotibman. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Uyning ichi zimiston edi. E. Raimov, Ajab qishloq
4. koʻchma Roʻshnolikdan mahrum, ziyodan mahrum hayot.
-
Ne zotlar oʻtdilar hasratga toʻlib, Kunlari zimiston, tuni sim-siyoh. A. Oripov, Yillar armoni
-
Yorugʻ dunyo shu ekan, deb zimistonga koʻnikib qolganmiz \ dedi Onaxon]. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Zimistoning bitdi endi, Turgʻunoy, Baxting kuldi bamisoli toʻlgan oy. I. Sulton, Nomaʼlum kishi
5. koʻchma Nomaʼlum, qorongʻi narsa; nomaʼlumlik.
-
— U odamning oʻtmishi zimiston. Ana shu oʻtmishini yashirib yuradi, — dedi Sartakov. I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida
ZIMISTON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИМИСТОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ZIMISTON so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan ZIMISTON so‘ziga berilgan ma’nolar
zimiston so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
zimiston so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar