zimma
bilan ulashing
(faqat joʻnalish, oʻrin -payt va chiqish kelishiklari shaklida egalik qoʻshimchalari bilan ishlatiladi) Kimsaning gardanidagi, boʻynidagi ish, vazifa, masʼuliyat, burch.
-
Agar sen bu yoqni oʻz zimmangga oladigan boʻlsang, bu tomondan ham xotirjam boʻlaman. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Ishning ogʻiri masʼul kotibning boʻynida, jurnal chiqarish deyarli shu toʻrtlikning zimmasida edi. F. Musajonov, Himmat
-
Avval bu yumushlar Mamarayim akaning zimmasida ekan. Sharq yulduzi
zimma soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zimmasiga olmoq
-
Xoʻjaligimiz dehqonlari oʻz zimmalariga olgan davlat topshirigʻini sharaf bilan ado etdilar. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
— Zimmamizga tushadigan ishni bilib olaylik, oʻrtoq rais, — dedi yarim hazil ohangda Dmitriy Nikolayevich. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Haqiqatan ham batalon zimmasiga katta masʼuliyat yuklatilgan. I. Rahim, Chin muhabbat
ZIMMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИММА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zimma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar