zim-ziyo
bilan ulashing
Hech narsani koʻrib boʻlmaydigan darajada qorongʻi; qop-qorongʻi, tim qorongʻi.
-
Zim-ziyo tun.
-
Mehmonlar koʻchaga chiqqanda, atrof zim-ziyo, yulduzlar ulkan qora chodirga qadalgan behisob chiroqlardek yiltillardi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Nesterenkolar qayiqlarda oʻtirib olib, zim-ziyo tunda daryoda eshkak tortib borardilar. N. Safarov, Olovli izlar
-
Chirildoqlar ovoziga toʻla zim-ziyo choʻl kechasi. M. Mansurov, Yombi
zim-ziyo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zim-ziyo boʻlmoq
-
— Oppoq qizim, juda zim-ziyo boʻlib ketding? Xabar ham olay demaysan? — dedi Murod ota. I. Oʻktamov, Hikoyalar
-
[Ashir] Zim-ziyo boʻlib ketib, birdan shahardagi chayqov bozor oʻrtasidan shoʻngʻib chiqdi. S. Anorboyev, Oqsoy
Zim-ziyo qilmoq
ZIM-ZIYO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИМ-ЗИЁ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zim-ziyo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar