zina
bilan ulashing
1. Bino va inshootlarda yuqoriga chiqish yoki pastga tushish uchun moʻljallab yasalgan pogʻonali qurilma va uning har bir pogʻonasi; zinapoya.
-
Gʻishtin zina. Marmar zina. Zinadan chiqmoq.
-
Hamdam aka ayvon zinasi oldida toʻxtadi. S. Zunnunova, Gulxan
-
[Alimardon] Kampirning gaplarini eshitib ham oʻtirmay, zinalardan chopib tushib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Safarali bir zina pastga tushgan edi, orqada rus qizi bir nima dedi. Oydin, Kelin oʻgʻil tugʻibdi
2. Ostona, boʻsagʻa.
-
Eshik ochilib, shop moʻylov, goʻshtdor yuzidan zahar tomchilagan Mochalov bilan birga uning kabi pogonli, yarogʻ-aslahali toʻra zinada qaqqaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uzoqdan darvozamiz koʻringanda, yuragim shuv etib ketdi. Darvoza zinasida kimdir choʻqqayib oʻtirardi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
3. koʻchma Bosqich, pogʻona; marta, karra.
-
Xonning yoʻlboshchisi boʻlgan kishining oʻzi zulmda Azizbekdan necha zina baland oʻrinni ishgʻol etuvchi kimsa boʻlsa, biz qandoq qilaylik! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
ZINA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zina so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar