ziq
bilan ulashing
1. ravish (faqat kesim vazifasida) Gʻoyat cheklangan, tigʻiz; nihoyatda oz.
-
— Borishim kerak. Vaqt juda ziq, — dedi Hotam. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Vaqt ziq, tong yorishi yaqin, tez harakat qilish kerak edi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir
-
Umrzoq ota ish tiqilinch, vaqt ziq ekanini fahmlab, oshdan gap ochmay qoʻya qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. koʻchma Bekordan-bekor diqqat boʻlaveradigan, tajang, yuragi tor.
-
Ziq odam.
3. Yurakni ezadigan, diqqatni oshiradigan.
-
Ziq ish.
ziq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ziq boʻlmoq
-
— Oh, Poʻlat, gʻalati odating bor-da oʻzingdan-oʻzing ziq boʻlaverasan,— dedi Bahor. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Shu qadar ziq, noziktabiat boʻlib qolgani uchun Begimxon koʻp dakki eshitdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Hadeb ishga toʻgʻri borib, toʻgʻri qaytaversa ham, ziq boʻlib ketarkan kishi. F. Musajonov, Sobiq
Ziq qilmoq
-
Boy kechadan beri uydan jilgani yoʻq, uydagilarni ham ziq qilib yubordi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
ZIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ziq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan ZIQ so‘ziga berilgan ma’nolar
ziq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar