zir
bilan ulashing
ravish Ish-harakatning tez, chaq-qon bajarilishini, qayta-qayta amalga oshishini bildiradigan soʻz.
-
Xizmatkor xotin zir yugurib, choy tayyorlardi. Mirmuhsin, Umid
-
Mehmonlarga hali u, hali buni tashib, tashqari hovli bilan ichkari hovli oʻrtasida zir yugurdim. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Nahotki ikki yildan beri bir bechorani zir qatnatib ovora qilsalar, Toshkent qishlogʻi bilan Margʻilonning orasi ozgina yoʻlmi axir? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
taql. s. Larzadan tebranuvchi narsalarning harakati va tovushi haqida.
-
Portlash zarbidan oynalar zir etib ketdi.
-
Ruhli, kuchli koʻkrakdan chiqqan bu ashula tevarakni zir ettirib yuborgudek, Otabekka ham boshqacha bir taʼsir beradir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
zir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zir titramoq
-
Zir titra-dim, bir qoʻrqdimki, nafaslarim boʻgʻilib ketdi. Oybek, Nur qidirib
-
Zumrad zir titrab, hamma uyni aylanib chiqdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
U mendan zir titraydi.
-
Takyaxona eshigi ichkaridan tars-tars urildi. Eshoni sudur zir titradi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
Yuragi zir etmoq
-
Tanti-boyvachchaning yuragi zir etib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
ZIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan ZIR so‘ziga berilgan ma’nolar
zir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar