tirnoq
bilan ulashing
1. Barmoqlar uchining orqa tomonidagi etga yopishgan, barmoqlarni himoya qiluvchi, shoxsimon moddadan iborat tuzilma, qoplama.
-
Tirnoq oʻstirmoq. Tirnoqni qaychi bilan olmoq.
-
Maxsum oʻsiq tirnoqlarini Boboqulning boʻgʻziga botirishga chogʻlab, xezlanib kela boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Botirali tirnogʻi bilan stolni chertib oʻtirar, nima haqdadir oʻy oʻylardi. S. Ahmad, Hukm
2. Baʼzi hayvon va qushlarning panjasi yoki changalidagi uchi qayrilgan, oʻtkir, shox moddali oʻsimta.
-
Burgutning tirnogʻi. Mushukning tirnoqlari.
-
Sherni sher qilgan — tishi bilan tirnogʻi. R. Jumaniyozov, Soʻz koʻrki — maqol
3. sheva Ot tuyogʻi.
-
Ot tirnogʻiga teggan tosh Yongʻoqday ushalib ketdi. Nigor va Zamon
-
Ot tirnogʻidan chiqqan qumlar Qozonday ovdarilib yotdi. Gulixiromon
4. koʻchma Farzand, bola.
-
Tirnoq koʻrmoq. Tirnoqqa zor boʻlmoq.
-
Obodon xola Safo ota bilan ellik yil birga turmush kechirdi. Ammo ularga tirnoq nasib etmadi. R. Otayev, Siz nima deysiz?
-
Gulnor bilan oʻn uch yil birga turib, tirnoq yuzini koʻrmadik. Oydin, Ikki koʻzi shunda
5. koʻchma Maxs. Baland simyogʻochlarga, machtalarga koʻtarilish uchun oyoq qiyimiga mahkam bogʻlab olinadigan tishli oʻroqsimon temir asbob.
-
[Akbaralini] Baʼzan kechalari ham chaqirib qolishsa, yoʻq demay, brezent shimini kiyib, shaldir-shuldur zanjirli temir tirnoqlarini yelkasiga ilib chiqib ketardi. A. Muxtor, Chinor
6. aynan Qoʻshtirnoq.
-
Oxirgi kolonkada, tirnoq ichida, Tuzuk odamlarning bolalari degan maqola boʻlib P. Tursun, Oʻqituvchi
tirnoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tirnogʻini oʻstirmaslik
-
— Siz ham xizmatchining tirnogʻini oʻstirmaydiganlardan ekansiz, — Yoʻldoshboy shunday dedi-yu, boyning betiga tik qaragancha turaverdi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
Tirnoqdan (yoki tirnoq orasidan, ostidan, tagidan) kir izlamoq (yoki axtarmoq, qidirmoq)
-
Sen tirnoq orasidan kir qidirmay qoʻya qol. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
[Oʻktam:] Gap tashuvchi, tirnoqdan kir izlovchilarni, chaqimchilarni men juda yomon koʻraman. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Darrov tirnoq tagidan kir qidirasiz-a, Samadov? P. Qodirov, Uch ildiz
Tish-tirnogʻigacha yoki tish-tirnogʻi bilan
-
Tish-tirnogʻigacha qurollanmoq.
-
Man bir parcha boshpanamga tish-tirnogʻim bilan yopishganimdan hafsalasi pir boʻlayozgandi. Oybek, Tanlangan asarlar
TIRNOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРНОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirnoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar