tirna
bilan ulashing
1. Tirnoq yoki oʻtkir uchli narsalar bilan tilmoq, yulmoq, timdalamoq.
-
Mushukcha bolaning qoʻlini tirnab oldi.
-
Soch yulib, yerni tirnab qildilar faryod. Gʻayratiy
-
Zuhra begim yolgʻiz oʻgʻlining to-butda boshsiz yotgan tanasini koʻrganda, oʻzining kallasiga mushtlarini urib dod soldi, yuzini qoʻli bilan tirnab, qonatib yubordi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. koʻchma Xuddi tirnash kabi harakat va uning taʼsiriga nisbatan qoʻllanadi.
-
Sovuq shamol badanni tikanli tili bilan tirnar, nimdosh kiyimdan oʻtib sanchar va qatiratar edi. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
-
Ammo Yigitalining bugungi ishi uning ichini tirnab oʻtdi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
-
yuragimni tirnab turgan fikrlarni tushunib, samimiy maslahatingiz, shirin soʻzlaringiz bilan madad bersangiz edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
tirna soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ichini mushuk (yoki it) tirnamoq
-
Shu vaqtgacha shoirning hayoti uchun qoʻrqib, ichini it tirnayotgan vazir yengil nafas olib bosh egib qoʻydi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
TIRNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar