poyqadam
bilan ulashing
1. Oyoq; oyoq izi, yoʻl; oyoq osti.
-
[Gʻofir:] Yolgʻiz gavhardan tiniq, quyoshdan ham yuksak muhabbatim bor, xolos! Sening poyqadamingga sochmoq uchun zarlarim yoʻq! Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Axir u yoshlikdan orzu qilgan niyatiga yetdi geologiya allomalarining muborak poyqadami yetgan togʻ-toshlardan koʻtarildi, ularning qutlugʻ qoʻllari teggan togʻ jinslariga bolgʻa urdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
— Usmon otaning poyqadami yetdi-yu, hamma yoqda bogʻlar paydo boʻla boshladi, — dedi Joʻra aka. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. Qadam qoʻyish, tashrif buyurish, kelish.
-
Oʻsha oʻqituvchining poyqadamidan oʻrgilay [dedi Rixsi xola]. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
— Poyqadamlaringiz qutlugʻ keldi, — dedi biz bilan koʻrisharkan birinchi kotib. Gazetadan
-
Ogʻaynilarining poyqadami bilanmi yo dori-darmonning nafi tufaylimi, Shahob chindan ham odatdagidan tezroq oyoqqa turdi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar.
POYQADAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЙҚАДАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poyqadam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar