pog‘ona
bilan ulashing
1. Zinaning, narvonning oyoq qoʻyib chiqiladigan va tushiladigan poyalaridan har biri; pillapoya.
-
Narvonning pogʻonasi.
-
Shotining bir pogʻonasiga oyoq qoʻyishi bilan kallasiga, qoʻshnining xotini kishidan qochadigan boʻlsa, andishalik ish boʻlmasmikin, degan oʻy keldi. S. Ahmad, Saylanma
-
Iskandar zinadan ikki potna pastga tushib, avtobus eshigida turgancha, minnatdor bosh siljidi. M. Mansurov, Yombi
2. koʻchma Oʻsish, yuksalish, taraqqiyot kabi tadrijiy jarayonlarning har bir bosqichi.
-
Taraqqiyot pogʻonalari. Yuksalishning eng yuqori pogʻonasi.
-
Majlisda taʼkidlandiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning muhim tarmogʻi boʻlgan qishloq xoʻjaligida islohotlar samaradorligini yangi pogʻonaga koʻtarishga alohida eʼtibor berilayotir. Gazetadan
3. koʻchma Amal, unvon, martaba kabilarning har bir bosqichi.
-
Domla oʻzi yetgan pogʻonani ham, oldinda uni kutib turgan martabalarni ham sevardi. Yoshlik
-
Ha, u kamolot pogʻonalaridan tez, ishonch bilan koʻtarilib borardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ammo keyingi paytda bu ahvolni tubdan yaxshilash uchun bir talay ishlar qilindi. Eng avvalo, barcha potnadagi rahbar kadrlar yangilandi. Gazetadan
4. Birin-ketin sodir boʻladigan ish-harakatning har bir bosqichi.
-
Qiz eskichasiga yashirin ravishda sotildi. Endi eng soʻnggi pogʻona — domla imomning nikoh oʻqishi qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
5. musiqa Tovushqator; undagi izchillik va uygʻunlikni tashkil etgan har bir tovush.
pog‘ona soʻzi qatnashgan jumlalar:
Umurtqa pogʻonasi
POG‘ONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОҒОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pog‘ona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar