pocha
bilan ulashing
1. Hayvonlar oyogʻining tizzadan pastki qismi.
-
Boʻri qoʻyning pochasidan olibdi.
-
Uloqchi, qamchinning dastasini tishlab, uloqning pochasidan tortadi. Gazetadan
2. Oyoqning tizza bilan toʻpiq oʻrtasidagi qismi; boldir.
-
It pochamdan oldi.
-
Nusratbekning tanidagi titroq bir oz pasaydi. Sekin, salmoqli odimlab borayotib, oʻz xatti-harakatini oqlashga urinib, oʻziga tasalli bera boshladi: Yoʻldan chiqqan har qanday daydi laycha vovullab, pochamga yopish-sa, indamay ketaveramanmi?. S. Nurov, Narvon
-
Gʻaybulla qizarib, oʻrniga borib oʻtirmoqchi edi, Hasan uning pochasiga yopishdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Shimning, shalvarning tizzadan pastki qismi.
-
Nizomjon, sholikorlikka kiraman, deb shimining pochasini shimarayotgan edi, Toʻlanboyning oʻgʻli kelib qoldi. S. Ahmad, Ufq
-
Ogʻzidagi nosini tupurib, bismillo, deganicha shimining pochasini shimarib, ketmon bilan oʻraga tushdi. S. Ahmad, Saylanma
4. Ustki uzun kiyimning etagiga tikilgan jiyak, hoshiya.
-
[Shoir] Shohi toʻn ustidan qunduz pochasi bor poʻstinini kiydi. Oybek, Navoiy
5. Poya. oyoq.
-
Stul pochasi.
-
Ota pismiq kelib, karavotning pochasiga suyandi. E. Raximov, Ajab qishloq
6. Pillapoya, pogʻona.
-
Mirziyod oyogʻini narvon pochasidan asta oldi. A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar
POCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pocha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar