pochcha
bilan ulashing
1. Opaning eri.
-
Iya, pochcha, qilma qilib yuribsiz? S. Ahmad, Ufq
-
Kichik pochcham oʻylanib, menga yuzlandi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Sal shirakayf boʻlib oʻtirgan Sodiqjon allaqanday sirli ish borligini, pochchasi undan yashirayotganini sezib qoldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
2. eskirgan Ismlarga qoʻshilib, hurmat maʼnosini bildiradi.
-
Faqirdek bir sodda mulloning oʻrus zabonida soʻzlasha bilganimga taajjublandi shekilli, boshdan-oyoq Mahzum pochchangizni kuzatib chiqdi. A. Qodiriy, Kichik asarlar
-
Bazzoz pochchaning bekorchi ogʻizga tobi yoʻq edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ozgina tahammul qilsin-chi, bek pochcha. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. sheva Oʻzidan kattalarga murojaat shakli.
POCHCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЧЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pochcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar