pochta
bilan ulashing
1. Xat, xabar, joʻnatma, gazeta-jurnal, hujjat, pul va shu kabilarni qabul qilib, tayinlangan kishiga yoki joyga yetkazib beradigan davlat aloqa muassasasi va shu muassasa joylashgan bino.
-
Shahar pochtasi. Dala pochtasi.
-
Pochtaga borsam, pul bilan shu qogʻozni qoʻshib berdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Uni shahar odamlari, ayniqsa, yerli xalq kam taniydi. Nihoyati pochtada ishlovchi [oʻzi yerli xalqdan yetishib qolgan!] pastroq bir maʼmur. Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. Shunday muassasa tomonidan yetkazib berilgan yoki olingan narsalar (xat, joʻnatma va shu kabilar).
-
Menga pochta keltirgan xatlarning soni 200 dan oshib ketdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Agarki qoʻshningiz pochta qutisidan siz obuna boʻlgan adabiyot gazetasini olib, sizdan oldin oʻqishga tushsa, xafa boʻlmang. Gazetadan
POCHTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЧТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pochta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar