poyon
bilan ulashing
1. Joy, masofa, yoʻl kabilarning oxirgi chegarasi, etagi, oxiri.
-
Poyoni koʻrinmaydigan dala.
-
Binafsha, lolalardan gilam toʻshalgan togʻ-qirlarni kezib, poyoniga yetolmaysiz. N. Safarov, Olovli izlar
-
Nizomjon shu topda shunday kuchli boʻlib ketgan ediki, bir oʻzi mana shu poyoni yoʻq choʻlni agʻdar-toʻntar qilib tashlashga qodirdek edi. S. Ahmad, Ufq
-
Qamishlar ikki odam boʻyi oʻsgan, poyoni koʻrinmas, shabadada bir ohangda mungli shovullardi. Gʻ. Gʻulom, Feruza
2. Ish, gap, voqea-hodisa kabilarning oxiri, intihosi.
-
Hikoyani poyoniga yetkazmoq.
-
Umrning poyoni koʻringan paytda uy qaygʻusiga tushdim. Yoshlik
-
Gʻazal poyoniga yetdi. Tabibiy kamtarona kulumsiradi. Haryondan olqishlar eshitildi. S. Siyoyev, Avaz
-
[Maysara:] Shu xiyonatkorlarning jazosini berish uchun boshlagan ishimni poyoniga yetkazay. Hamza, Maysaraning ishi
-
Bu soʻzingning, dilbar, yoʻqdir poyoni. Alpomish
3. koʻchma Soʻng, chek, nihoya (his-tuygʻu, kechinma kabilar haqida).
-
Gʻazabining poyoni yoʻq.
-
Necha faryod toshib keldi koʻksin yorguday, Koʻzi tinib, iztirobi poyonga yetdi. A. Muxtor, Asarlar
-
Sirim borki, osmoni koʻrinmas, Gʻamim borki, poyoni koʻrinmas. Yoshlik
-
Har bir narsa kabi mehr-muhabbatning ham avvali, avji va poyoni boʻlishi tabiiy. X. Sultanov, Onamning yurti
POYON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЁН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poyon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar