isitma
bilan ulashing
1. Organizmning, gavda harorati koʻtarilganda namoyon boʻladigan, zararli agentlar (kasalliklar qoʻzgʻatuvchi omillar)ga nisbatan himoya-moslashuv reaksiyasi, uning natijasida yuzaga keluvchi harorat.
-
Isitmani oʻlchamoq. Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Maqol
-
— Xayriyat, onangizning ahvoli ancha tuzuk boʻlib qoldi, isitmasi ham qaytdi, — dedi otasi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. so‘zlashuv tili Badanda harorat bilan oʻtadigan baʼzi kasalliklarning (masalan, bezgak, tifning) xalq orasidagi umumiy nomi.
-
Qumqishloq dehqonlarini qadimdan qiynab kelgan botqoqlarni isitma, bezgak oʻchoqlarini quritish uchun bir necha chaqirim uzunlikda zovur qazish kerak. H. Gʻulom, Mashʼal
3. etn. Kishining dilini oʻziga yoki boshqaga moyil etish maqsadida qilingan amal.
-
Issiq soʻzim — isitma, sovuq soʻzim — sovutma. Maqol
4. sifatdosh Isitilgan.
-
Isitma osh.
ISITMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСИТМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
isitma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar