isiriq
bilan ulashing
Isiriqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik yovvoyi oʻt oʻsimlik [Tarkibida alkaloidlar boʻlib, xalq tabobatida shifobaxsh vosita sifatida turli yoʻllar bilan (jumladan, tutatib) foydalanib kelinadi.
-
Isiriqni ming dardga davo, deb bekorga aytishmaydi. Gazetadan
-
Isiriq — grippga qarshi yaxshi narsa. Kim uni eskilik desa, xato qiladi. Mirmuhsin,Umid
isiriq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Isiriq solmoq (yoki tutatmoq)
-
Xonalarni tez-tez shamollatib turish, kuniga ikki marta isiriq tutatish ham maqsadga muvofiqdir. Gazetadan
-
Kampir, mehmonlar chiqib ketishi bilan,suyukli kuyoviga isiriq soldi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
-
Lutfiniso dam oʻtmasdan kelib, goh yomon koʻzdan saqlasin uchun isiriq tutattirar, goh qizini quchib yigʻlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
ISIRIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСИРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
isiriq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar