isit
bilan ulashing
1. Oʻz tapti, harorati bilan boshqa narsaning, kimsaning issiqligini oshirmoq, koʻtarmoq, issiq qilmoq; harorat bermoq.
-
Bektemir uning sovuq qotgan jajji qoʻllarini puflab-puflab isitdi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Olovga qoʻyib, toblab yoki boshqa biror yoʻl bilan issiq qilmoq.
-
Oshni isitmoq. Suv isitmoq.
3. Isimoq 2 feʼlining orttirma nisbati.
-
-Men qoʻrqamanki,— dedi u [Hamdamforma], — Buxoroning asl shoyisidan tikilgan hilpillama koʻylaklar amirkoni botinkalar sening koʻnglingni unga isitgan boʻlmasin. S. Ayniy, Qullar
-
Mana man asl duoxon Isitib, sovitib qoʻyaman. Hamza, Quzgʻunlar
ISIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
isit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar