iska
bilan ulashing
1. Hidni burunga tortmoq; hidlamoq.
-
Haydar ota bir tup sadarayhonga qoʻl urib iskadi. A. Qahhor, Asror bobo
-
Iskav koʻrsam, toza bogʻning gulisan, Qay shaharda, qanday bekning oʻgʻlisan? Shirin bilan Shakar
2. Hid olmoq, hididan izlamoq (it haqida).
-
Rahim, yelkasida xalta, bedazor yonida turar, Tarzan esa tizza boʻyi oʻsib gullagan koʻm-koʻm beda ichida bir nimani iskab yurardi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. koʻchma Payqamoq, sezmoq.
-
Ha, ayyor choʻloq, iskabsan darrov! Bir mahalladan bir qizni olib qochishdi. Boyvachchaning xizmatkorining qizi emish Oybek, Tanlangan asarlar
iska soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yelkasi yer iskamagan
-
Uni Hakimpolvon deb atashlari ham bejiz emas. U, katta kurashlarda polvonlar bilan bellashgan, ammo yelkasi yer iskamagan. A. Shermuhamedov, Piskentlik pahlavon
Orqam yer iskamadi
ISKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
iska so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar