tug
bilan ulashing
1. Tugun solmoq; tugun solib ulamoq, bogʻlamoq.
-
Roʻmolning uchini tugmoq. Ipning ikki uchini tugib bogʻlamoq.
-
Sochin tugib, sallani oʻray berdi boshiga. Oysuluv
2. (joʻnalish kelishigi bilan) Oʻrab bogʻlamoq, boʻgʻchalamoq; oʻrab, tugun solib joylamoq.
-
Dasturxonga non tugmoq. Belga (belbogʻga) pul tugmoq.
-
Keyin sandiqni ochib, bisotidan bir kiyimlik chit oldi-da, barkashning ustiga qoʻyib, dasturxonga tugdi. T. Alimov, Sovgʻa
-
Nodir indamay oʻrnidan turdi. Oyisi roʻmolchaga non, meva-cheva tugdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
3. Chetlarini yopishtirib yasamoq, tayyorlamoq (chuchvara, somsa va shu kabilarni).
-
Manti tugmoq. Somsa tugmoq.
-
Dugonalar ish bilan band boʻlishdi: biri patir yasadi, biri somsa tugdi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Goʻshti, xamiri tayyor, mantini oʻzingiz tugib yuboring, inim, chaqqonsiz, har ishga qoʻlingiz kelisha qoladi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Kelin shunday mitti chuchvara tugadiki, uning toʻrttasi bitta qoshiqqa sigʻadi. Gazetadan
4. koʻchma Yigʻmoq, toʻplab gʻamlamoq.
-
Topganini tugadi.
-
Ayollar koʻz yoshi toʻkib, bu xonadonda hamma narsa bor, faqat toʻy yetishmadi, boyoqish yigʻdi, tugdi, essiz, kelin koʻrmay ketdi, deb afsuslanishgan edi. S. Nurov, Narvon
-
Topganimni shunga tugib qoʻyib, oʻzim bola-chaqa bilan poʻstakning junini yeyman. A. Qahhor, Tobutdan tovush
5. bot. Hosil nishonasini bermoq, meva solmoq.
-
Olcha gʻuj-gʻuj tugibdi.
-
Bu vaqt koʻklam kelib, hamma yoqni yashil libos bilan bezagan, gullar gʻuncha tugib, ariqchalarda suvlar hayqirib oqqan, dov-daraxtlar tomiriga jon kirgan payt. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Bu orada daraxtlar gullab, meva tuga boshladi. S. Nurov, Narvon
tug soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mushtini tugmoq
-
Xuddi boks tushadiganday mushtini tugib, tirsagini chiqarib, semiz gavdasini polvonlarcha lapanglatib yuradi. H. Nazir, Yonar daryo
-
— Bari bir topajakman! — mushtini tugib, osmonga oʻqtaldi Eshjon. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Dumini tugmoq
-
Shundan keyin qurilish rahbarlari ularning dumlarini tugib, unisi boʻlmasa, bunisi, deb yana boshqa shunga oʻxshash kishilarni tavakkal qilib ishga olisha beradi. Mushtum
Koʻngilga (yoki dilga, qalbga, yurakka, koʻkrakka) tugmoq
-
Koʻnglimga tugib yurgan gaplarimni bugun siz bilan ochiq gaplashmoqchi edim. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
U hamqishloq dugonalarining eng shirin tilaklarini, eng aziz tuygʻularini diliga tugib, ardoqlab bormoqda. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Ulugʻ ishga boʻlsin deb hissa, Qalbga tugib ishtiyoq, havas Sayyor.
-
Utar boboning koʻpdan beri koʻngliga tugib yurgan bir niyati bor edi. S. Siyoyev, Avaz
-
Koʻkragiga tuggan niyati menga maʼlum, Yoʻlchiboy. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Buning ustiga usta mutaxassislar huzuriga yuragiga tugib qoʻygan bir fikrni aytib, maslahat olish uchun ham borgan edi. Sh. Rashidov, Burondan kuchli
-
U [Haydar] Anorxonga nimadir sovgʻa qilishni koʻngliga tugib qoʻygan. I. Rahim, Ixlos
-
Endi Razzoqvoyning boshini ikkita qilib qoʻysak ham boʻlardi, deb orzu qildi chol va oʻgʻli bilan bu haqda bafurja gaplashishni diliga tugib qoʻydi. H. Gʻulom, Mashʼal
TUG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tug so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar