tuf
bilan ulashing
1. 1 Tupurganda hosil boʻladigan tovushni bildiradi.
-
Nasva [nasiba] tortib kelib qolsa Ahmadjon, Haq, tuf, deb tupuradi yuzingga. Yusuf va Ahmad
2. etn. Koʻz tegmaslikni istab aytiladigan soʻz.
-
Anzirat xola uning bolasiga havasi kelib, oʻrnidan turib, bolani qoʻliga oldi: — Tuf, yomon koʻzdan saqla, muncha ham doʻmboq, muncha ham oppoq! A. Muxtor, Opa-singil-ar
tuf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tuf deb (yoki tuflab) tugmoq
-
— Nusratbek topganini tuf deb tugayotgan boʻlsa kerak, — dedi yuzlari qip-qizil, dumaloqqina sherigi uni quvvatlab. S. Nurov, Narvon
Yuziga tuf demoq (yoki tuflamoq)
-
Sagʻirning haqi menga emas, mening haqim sagʻirga oʻtmasa, yuzimga tuf deng P. Tursun, Oʻqituvchi
geol. Qurilish materiali sifatida yoki boshqa maqsadlarda ishlatiladigan gʻovak, rangdor togʻ jinsi (vulqon otilishi mahsuli yoki issiq buloq choʻkindisi sifatida hosil boʻladi).
-
Tuf koʻp asrlardan buyon faqat qurilish materiali hisoblanar edi. Endilikda esa bu toshdan original gazlama tayyorlanmoqda. Gazetadan
TUF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar