tubanlik
bilan ulashing
1. Past holatga egalik, past ekanlik.
-
Sodiq qoʻlidagi xanjarini bir-ikki qayta solib koʻrsa ham, tegdirish uchun kesmaning tubanligi xalal berdi, lekin oʻzi tetik edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. koʻchma Tuban shaxsga xos holat-xususiyat; tuban xatti-harakat, razolat.
-
Ilgʻorlik bilan qoloqlik, samimiylik bilan hasad, oliyjanoblik bilan tubanlik toʻqnashadi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Ayol kishiga qoʻl koʻtarish — ojizlik belgisi, tubanlik — madaniyatsizlik belgisi. Gazetadan
tubanlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tubanlikka bormoq (yoki ketmoq)
-
Pastkash ishlar bilan shugʻullanadigan kimsalar shunday tubanlikka borib, kishilarni aldaydi, qalloblik qiladi Mirmuhsin, Umid
-
Izzat-hurmat koʻrgan odamni tahqirlasang, tubanlikka ketasan. Gazetadan
TUBANLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУБАНЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tubanlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar