tuban
bilan ulashing
1. Quyi, past.
-
— Xizmat? Oʻtiringlar, — aʼlam tetik, ayyor koʻzlari bilan keluvchilarga razm solib, tubanroqdan joy koʻrsatdi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Kema tuban oqib boradi, Boʻron uni qirga oladi. E. Rahim
-
Qulmurodning bu soʻzlarini eshitgan Shokir qizarib-boʻzarib ketdi va nima deyishini bilmasdan, boshini tuban soldi. S. Ayniy, Qullar
2. koʻchma Mavqeyi, xislatlari, sifati va shu kabilar jihatidan quyi darajali; past, arzimas.
-
Tuban odam.
-
Aqlga kelganda, mulla Sultonquldan ancha pastda, tegirmonchidan esa juda ham tuban turadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Hayot oqimidan sokin, uning talabidan tuban yashash oʻqituvchini beobroʻ va beqadr qiladi. R. Usmonov, Odobnoma
3. koʻchma Hayot, axloq talabi nuqtayi nazaridan yomon, yaramas.
-
U [Fazliddin] yaqinda yana ichib kelib, onasini eng tuban haqoratlar bilan tuproqqa qorib tashladi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
-
Giyohvandlikning qanday qilmishlarga sabab boʻlishi, fohishabozlikning naqadar jirkanch, tuban ekanligini yashirmay-netmay koʻrsatmoqdamiz. Gazetadan
-
Boshqa iloj qolmagach, ona eng tuban va jirkanch bir hunarga tutindi; doʻkondorlarga, mulkdorlarga, badavlat odamlarga yanada ziyoda davlat tilab, xayr-sadaqa soʻray boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
TUBAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУБАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuban so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar