trubka
bilan ulashing
1. Ingichka truba, naycha.
-
Rezina trubka.
2. maxs. Choʻziq truba shaklidagi turli asboblar nomi.
-
Rentgen trubkasi. Televizorning elektron-nur trubkasi.
-
— Kuli singanga ham trubka qoʻyadimi? — dedi murabbiya Ahmadga qarz. Oydin, Bolalik uyda gʻiybat yoʻq
3. Telefon apparatining eshitish va soʻzlash uchun xizmat qiladigan qismi.
-
[Nodirjon] Telefon jiringlashi bilan choʻchib ketdi, apil-tapil trubkani olib, qulogʻiga tutdi. A. Muhiddin, Chap choʻntak
4. Bir tomoni tamaki solinadigan kichik kosachaga, ikkinchi tomoni mushtukka ulangan ichi boʻsh naychadan iborat chekish asbobi.
-
Chol esa indamadi-yu trubkasini chu-qur tortib qoʻydi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
TRUBKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТРУБКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
trubka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar