tub
bilan ulashing
1. ot Tag, ost.
-
Paqirning tubi. Dengiz tubi.
-
Sakkiz buldozer kanal tubini oʻyib, mashina xartumiga qamrab olgan tuproqni yuqoriga surib chiqarardi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Bogʻning etak tomoni chuqur jarlik. Uning tubida bir tegirmoncha suv qishin-yozin toʻxtamay oqib yotadi. M. Osim, Tilsiz guvoh
2. ot Koʻchma Pirovard natija, oxir-oqibat; asos, zamir.
-
Sabr tubi — oltin. Maqol
-
Yoʻq, oʻrtoq Nizomov, biz tavakkal qilmaymiz. Tavakkalning tubi — tosh, boshingni ursang — yoriladi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Bu soʻzlarning tubida juda katta rashk borligini sezdim. M. Qoriyev, Oydin kechalar
3. Mohiyat eʼtibori bilan asosiy boʻlgan; asl, birlamchi.
-
Yordamchi va shaxsiy xoʻjaliklarni rivojlantirish kundalik turmushimizning tub masalalaridan boʻlib turibdi. Mushtum
-
Adib, hayotga faol munosabatda boʻlish — yozuvchi mehnatining tub mohiyati, deb hisoblagan. Gazetadan
4. tilshunoslik Qismlarga boʻlinmaydigan, yasama boʻlmagan.
-
Tub soʻz. Tub terminlar.
-
Sodda terminlar oʻz oʻrni bilan ikkiga boʻlinadi: tub va yasama terminlar. OʻTA
tub soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tub joy
-
Tub joy itidan koʻra musofir itning quturgani yomon boʻladi A. Qahhor, Oʻtmishdan ertaklar
Tub kon
-
Hozir biz asosan tub konlarni izlab topishimiz kerak, nazarimda. S. Karomatov, Oltin qum
Tub qoʻymoq
-
Bu qishloq suvini bir ichgan odam, tamom, shu yerda tub qoʻyib, ildiz otib ketmay iloji yoʻq. F. Nasriddinov, Oltin odamlar
Tubi ochildi
-
[Tantiboyvachcha] Birinchidan, ishning tubi ochilishidan vahimaga tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Tubiga yetmoq
Qalb (yoki koʻngil, yurak) tubi
-
Shu mitingda Murzin ham bor edi. Rosa quloq solib tingladi. Qalbi tubida qandaydir kuch uygʻondi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Elmurod uning yonida oʻtirar va bu soʻnggi kunda unga nimadir degisi kelar, lekin koʻnglining tubida yigʻilgan gaplarini ifodalashga payt ham, soʻz ham topolmas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
TUB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tub so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar