tufla
bilan ulashing
1. aynan Tupurmoq 1, 2.
-
Sulaymonov qaymoqdan bir qoshiq olib ichdi-da, birdan afti burushdi, tuflagani joy izladi, tufladi. A. Qahhor, Munofiq
-
Kir barmoqlariga tuflab, bir-biriga yopishgan kipriklarini hoʻllab yumshatib, zoʻrgʻa ochardi. S. Nurov, Narvon
2. Tuf (tuf-tuf) demoq..
tufla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻkragiga (yoki koʻksiga) tuflamoq
-
— Kayfim uchib ketdi-ya! — dedi qori va yoqasini katta ochib. koʻkragiga uch marta tufladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
qoʻrqqanlaridan dagʻ-dagʻ qaltirab, koʻkraklariga tuflab, pastga tushirishibdi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Ularning salomatligini koʻrgan shogird oʻz koʻksiga tufladi. Mirmuhsin, Meʼmor
Tuflab tugmoq
-
[Kuyov] Oʻta ziqnalikdan, ichadigan choylarini ham oʻlchab beradigan boʻldi, tiyinlarni tuflab tugdi. Sh. Gʻulomov, Sahroda
TUFLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУФЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tufla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar