tamomla
bilan ulashing
1. Oxiriga, poyoniga, nihoyasiga yetkazmoq.
-
Maʼruzani tamomlamoq.
-
Hoji oʻzidan oshirib soʻzlagan bu soʻzlarini shu gap bilan tamomladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Bitirmoq, qoʻldan chiqarmoq, tayyor qilmoq.
-
Yana bir gʻayrat qilib, GESni bitirib olsak, kolxozchilar kanalni tamomlab, suvni bizga keltirib bersalar, marra — bizniki. Oydin, Mardlik — mangulik.
3. Ishlatib, sarflab, foydalanib odoq qilmoq, tugatmoq.
-
Mablagʻlarni tamomlamoq. Zaxiralarni tamomlamoq.
-
Qiziq, biz paxta yetilmay hosilni qarz-qurz, boʻnak bilan tamomlaymiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Oʻquv yurtini bitirmoq, tugatmoq.
-
Institutni tamomlashim bilan orzum amalga oshdi. Men endi kinoaktrisaman. Mushtum
TAMOMLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАМОМЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tamomla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar