tamom
bilan ulashing
1. Oxir, poyon, nihoya.
-
Ish tamomiga yetdi. Hikoyani tamomiga yetkazmoq.
2. Tamomila, butunlay, batamom.
-
Tamom esdan chiqarmoq. Tamom ishonmoq.
-
Elmurod maʼyus bir necha qadam bosdi. Yoʻq, — dedi ichida, — bu men bilgan, men sinagan Fotima emas. Endi oʻzgarib, tamom boshqa boʻlib qolgan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yarim kechaga borganda, dushman tamom holdan toyib, chekinishga majbur boʻldi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Zaynab ham tamom ipaklarga koʻmilib yasangan A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. olm. Butun, barcha, tamomi.
-
Tamom xalq majlisga yigʻildi.
-
Yusufbek hojining Normuhammad qushbegiga yuborgan chopari Qirovchi yaqinida unga yetgan va qushbegini tamom sipohlari bilan Toshkentga qaytargan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
qalampirmunchoqni gulobga ivitishib, kelinning tamom badaniga surtishar emish. K. Yashin, Hamza
4. kesim vzf. Yakuniga yetganlik, bitganlikni bildiradi.
-
Tamom, xoʻjayin, ana, shay qilib qoʻydim. K. Yashin, Hamza
-
Shahzodaxon eriga koʻzlarini oʻqdek qadab, tan-tanavor qarab turaverdi. Bir zarb oʻlsa, tamom. K. Yashin, Hamza
5. yukl. vzf. Taʼkid, kuchaytiruvni bildiradi.
-
Dadam ichib keldimi, tamom, darrov qildan qiyiq chiqarib, oyijonimni doʻpposlashga tushardi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Shundan qoʻrqdimi, tamom, oʻlimdan qoʻrqqani boʻladi. Oʻlimdan qoʻrqqan kishi qahramon boʻlolmaydi. A. Qahhor, Oltin yulduz
tamom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tamom boʻlmoq
-
Dars tamom boʻldi.
-
— Oltin oʻtda bilinadi, — dedi Sobiraxon, — urush tamom ham boʻlar, oʻyin-kulgi uchun toʻplanganimizda, bu kunlar ertakday boʻlib ham qolar. A. Qahhor, Xotinlar
-
Qurilish tamom boʻldi;
-
Pul tamom boʻldi. Vaqt tamom boʻldi.
-
Zanjirli reaksiya gʻoyat darajada tezlik bilan rivojlanadi va parchalanuvchi materialning hammasi tamom boʻlguniga qadar davom etadi. Fan va turmush
-
Mayli, bolam, boshga tushganni koʻz koʻrar, deydilar. Meni qoʻyib, oʻzingni ham bir oʻylab qoʻy. Bu tashvishlardan tamom boʻlding-ku, bolam! O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim
-
Yegan yeb ketdi. Ichgan ichib ketdi. Ammo Abduvoseʼ shu bitta toʻy bilan tamom boʻldi. Mushtum
Tamom qilmoq
-
Ahmedov kapsanchilarni kolxoz tuzishga chaqirib, soʻzini tamom qildi. Savol-javobga oʻtildi. A. Qahhor, Qoʻshchi-nor chiroqlari
-
Maktab qurilishini sentyabrgacha tamom qilamiz;
-
Resurslarni tamom qilmoq.
-
Pul desang —
-
sanogʻi yoʻq Sanab tamom qilib boʻlmaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Universitetni tamom qilgan kishi;
-
Oʻgʻlining tashvishi kampirni tamom qildi;
-
Toʻqsonovning merganlik havasi qoʻzib, darrov Dadaboyning yelkasidagi sochma miltiqni oldi-da, tipirchilayotgan itni bir otishda tamom qildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bitta toʻy uni tamom qildi.
Adoyi tamom boʻlmoq
Gap tamom
-
Shu bilan gap tamom degandek sayr qilish uchun daraxtlar ostidagi yoʻldan ichkari tomon yoʻnaldi. K. Yashin, Hamza
TAMOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАМОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tamom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar