tamtam
bilan ulashing
1. Qaddi-qomati kelishgan va zebo.
-
U niyatiga yetdi. Qishloqning tamtam qiziga uylanyapti. S. Ahmad, Ufq
-
oy qizlar, tamtam kelinchaklar Vatan mudofaasiga joʻnashdi G. Nurullayeva, Yurak yonmogʻi kerak
2. koʻchma salb. Oʻziga, kiyim-boshiga zeb bergan; bashang, olifta.
-
Nomi Moʻtti boʻlsa ham, koʻp yigitlarni laqillatganidan loʻtti deb nom olgan bu qiz shahardagi eng tamtamlarning biri ekan. S. Ahmad, Moʻtti
-
Juda olifta, tamtam yigit ekan, shimimning taxi buzilmasin debmi, ayvonga ham chiqmay kursida oʻtirib, fotiha oʻqibdi. H. Nazir, Koʻkterak chiroqlari
Katta mis barkash shaklidagi, tayoqcha bilan urib chalinadigan musiqa asbobi; gongning bir turi.
-
Choʻchima, raqqosa! Tamtam sasidan. H. Sharipov
TAMTAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАМТАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tamtam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar