tamg‘a
bilan ulashing
1. Narsa, mol, mahsulot va shu kabilarni ajratish, hisobga olish yoki ularning kimga tegishliligini koʻrsatish uchun qoʻyiladigan, bosiladigan belgi.
-
Fabrika tamgʻasi.
-
Okopdan qarab turgan Normat ularning [samolyotlarning] qanotlaridagi qizil yulduz tamgʻalarini koʻrib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Toshkent tamgʻasi bosilgan chinni buyumlarni Urta Osiyo respublikalarining barcha xonadonlarida uchratish mumkin. U. Maʼrupov, Ustoz
2. Qadimda mahbuslarning tanasiga belgi qoʻyish, bosish uchun qizdirib ishlatilgan asbob va shu asbobni bosishdan hosil boʻladigan belgi, iz.
-
Bolaning bilagiga yopishib qolgan tamgʻani Nabi polvon, eritilgan surgʻuch ustiga bosilgan pechatdek, zoʻrgʻa uzib oldi. S. Ayniy, Qullar
3. Ot, mol va shu kabilarning tanasiga yoki tana aʼzolaridan biriga belgi bosish uchun qizdirib ishlatiladigan asbob va shu asbobni bosishdan qoladigan belgi, iz.
-
Otga tamgʻa bosmoq. Qoʻyning qulogʻidagi tamgʻa.
4. Ochish, buzish va shu kabilarga qarshi qoʻyiladigan belgili narsa, surgʻuch.
-
Haydarqul oddiy oʻgʻrilardan emas, u men tamgʻa bosib qoʻygan choshdan arpa oʻgʻirlagan. S. Ayniy, Qullar
5. aynan Gerb.
-
Saodat behisob tangalar orasida oʻz tangasini tanib turibdi; uning tamgʻasi suv ostida Saodatning koʻziga oʻzgacha yarqiramoqda. I. Rahim, Ixlos
6. koʻchma Nimadandir qolgan, uning belgisi boʻlgan narsa, asar, iz.
-
Azob-uqubatlar tamgʻasi.
-
Ularda [tarixiy obidalarda] koʻp zamonlar va dinlarning tamgʻasi bor. Z. Akramov, Hindiston lavhalari
-
Xotinining istarasi issiq chehrasiga nimaningdir dahshati qora tamgʻasini bosib ketgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Menga tanish boʻlgan xonadonlar, devor, tomi qulagan uylar. Bu urushning badburush tamgʻalari N. Safarov, Olovli izlar
7. koʻchma Qilmish, xatti-harakat va shu kabilarga koʻra taqilgan yorliq, belgi.
-
Laʼnat tamgʻasi.
-
Orada allaqancha davr bu ajoyib anʼanaga eskilik tamgʻasi bosilib, unutilayozgan edi. N. Hayitqulov, Yer tafti
8. tarixiy Qadimda chetdan kiritilgan molga belgi solishda olingan boj.
tamg‘a soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tilingga tamgʻa bosilganmi?
TAMG‘A so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАМҒА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tamg‘a so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar