taʼna
bilan ulashing
1. Xatolik, ayb yoki kamchilikni betga solib yoki kamsitib aytilgan gap, qilingan xatti-harakat va shu kabilar
-
Achchiq taʼna.
-
Gunohkor boʻlmay turib, oʻz sevgilingdan oʻrinsiz taʼnalar eshitsang. J. Jabborov, Sevinch yoshlari
-
Keksa bogʻbonning samimiy soʻzlari ham taʼna, ham tanbeh edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Bobo, bu gapga qanday tiling bordi, deganday unga taʼna bilan qaradi-da, bosh chayqadi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
2. Minnat, haqorat, malomat tarzidagi gap-soʻz.
-
— Yoʻqchilik jonimga tegdi, — dedi bolali xotin, — boyvachchalarning xotinlariga kir yuva-yuva oʻlib boʻldim. Itdek mehnat qilib, bir burda nonlarini taʼna bilan yedim. S. Zunnunova, Gulxan
-
Agar kuchim, quvvatim yetsa, odamlarning jon olgʻuchi taʼnalariga yana chidash berar edim, lekin majolim qolmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
taʼna soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taʼna qilmoq
-
Xasis deb taʼna qilmoq.
-
Yoʻldosheva rabfakda oʻqib yurganida, mahallada paranji yopinib yurgan boʻlishi mumkin, buni hozir taʼna qilishda hech qanday maʼno yoʻq. A. Qahhor, Bek
-
Hamkasblari Mansabdor boʻlib, mensimay ketdi, deb taʼna qilishlaridan oʻzini ehtiyot tutardi. R. Fayziy, Hazrati inson
TAʼNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar