tana
bilan ulashing
1. aynan Tan 1 — 4.
-
Erta koʻklam boʻlgani uchun, bahor quyoshi tanalarga yogʻday yoqadi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Bir qilich zarbi bilan boshini tanasidan judo qildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Shundan keyin bir oz tanasi yayrab, tarang tortilgan asablari boʻshashib, Xayriyat! deb qoʻydi. K. Yashin, Hamza
-
Chopib bordim qoshiga, Sulayib yotar tanasi, Olti gaz nari joyda Vafodorim kallasi. Oysuluv
2. Jonivorlarning jismi, jussasi.
-
Ilonning qanday suv ichishini kamdan-kam koʻrish mumkin. U tanasini goh shishirib, goh puchaytirib, ogʻir nafas olardi. Fan va turmush
3. Daraxtning, oʻsimlikning tag, poya qismi.
-
Hovuzning toʻrt tomonida yoʻgʻon-yoʻgʻon qayragʻochlar, tanalari qulochga sigʻmaydi. J. Sharipov, Xorazm
4. tex. Turli asbob, mashina va shu kabilarning boʻlaklarini tutib turuvchi qismi.
-
Kranning tanasi.
tana soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tanangga oʻylab koʻr (yoki qara)
-
Jahlimdan tushganimdan keyin shunday tanamga oʻylab qarasam, bechora oʻrtogʻimdan unchalik qattiq gina qilishning hojati yoʻq ekan. A. Qahhor, Xotinlar
Bir-ikki yoshli urgʻochi buzoq.
-
Ha, oʻsha yili dadam bilan kolxoz tanalarini boqdik. S. Anorboyev, Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar
-
Ketayotir navkarlar Soʻna quvgan tanaday. Oysuluv
TANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar