tanaffus
bilan ulashing
1. Dars, ish, mashgʻulot va shu kabilar orasida beriladigan qisqa dam.
-
Oʻquvchilar tanaffusga chiqdi. Tanaffus eʼlon qilmoq.
-
Bu sukut boksyorlarning shiddatli raundlari oʻrtasida nafas rostlashga beriladigan tanaffusga oʻxshardi. F. Musajonov, Himmat
-
Ertalab quyosh bilan baravar turish, qosh qorayguncha ish. Bir mahal ovqatga tanaffus. I. Rahim, Chin muhabbat
2. koʻchma Ish-harakat, voqea-hodisalar oʻrtasidagi uzilish, toʻxtash boʻlgan vaqt.
-
U ashulalarni tanaffus qilmay aytardi. Yoshlik
-
Bir oz tanaffusdan soʻng programmada xokkey oʻyini koʻrsatila boshlandi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
TANAFFUS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНАФФУС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanaffus so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar