tan
bilan ulashing
1. Odam gavdasining koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻidan iborat qismi: tana.
-
Bir kuni uning boshini tanidan judo qilsalar ajab emas Mirmuhsin, Meʼmor
-
Kishi tanidagi aʼzolarning ham qulogʻi bor: oʻzining bardamligini eshitgan aʼzolar yana sogʻ turib, xizmatni bajaraveradi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Kishining butun borligi, vujud.
-
Sogʻ tanda sogʻ aql. Maqol
-
Tani sogʻliq — tuman boylik. Maqol
-
— Xudoyo tavba deng, jon boshqa, tan boshqa, — dedi domla. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Anorgulning qoʻlidagi dutor Oʻrtoqlar kuyini tanlarga larza berib tarona qildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Axir tut faqat qorin toʻydiradigan taom boʻlmasdan, kishi taniga dori-darmon hamdir. N. Safarov, Olovli izlar
3. Tana, vujudning sirt qismi; badan.
-
Gard yuqmasin taningga, Loy tegmasin bagʻringga. Q. Muhammadiy
-
Bu gapni eshitib, Elmurodning tani jimirlab ketdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yigit uning oq marmardek yalangʻoch taniga boqmay, yerga qaradi. Mirmuhsin, Yoʻqolgan javohir
4. koʻchma Oʻlik tana; jasad.
-
Soldat tani, qoʻshni vzvoddan shekilli. Snayperning oʻqi kallasiga tegibdi, qora qonga boʻyalib yotibdi shoʻrlik. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Mazlumlarning tanidan Kurgan saroylar Gʻamda oʻtdi xalq umri Koʻp yillar, oylar. Gʻayratiy
5. Shaxs bildiruvchi soʻzlar yoki egalik shaklidagi soʻz bilan qoʻllanib, tegishlilik, ulush kabi maʼnolarni bildiradi.
-
Har kim oʻz tanini oldi. Xarajatning yarmi mening tanim. Men ham toʻrtdan bir tan.
-
— Boʻpti, Davron, ziyofat menga tan, — dedim. — Hammasini oʻzim pishiraman. P. Qodirov, Qadrim
6. Dastlabki baho, tannarx; dastlabki mablagʻ, sarmoya.
-
Tanidan yuz soʻm kamiga sotmoq. Yeb-ichib, tanini qilmoq.
-
Muhammadrajab sakkiz ming soʻmni oyiga oʻn uch protsent foyda berish sharti bilan olib, ikki oydan beri na foydasini beradi, na tanini. A. Qahhor, Sarob
7. koʻm. vzf. kam. qoʻll. Tomon, yon.
-
Kim zoʻr boʻlsa, jazosini beraman, Kambagʻal Nazarning tani boʻlaman. F. Yoʻldosh, Mamatkarim polvon
tan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir jon, bir tan boʻlmoq
Tan bermoq
-
Ilgari men, ochigʻi, bularning qoʻlidan shunchalik ish kelishiga inonmagan edim, endi tan berib qoʻydim. H. Nazir, Mayoq sari
-
uning bilmagan narsasi yoʻqligiga hamma tan berib ulgurgan edi. A. Muxtor, Tugʻilish;
-
Oʻktam koʻzlarini qisib, boshini tebratib, qovunni maqtadi: — Didingizga tan berdim. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Ajoyib shahar Bokuni bunyod etgan xalqqa va uning isteʼdodiga tan berdik. N. Safarov, Olovli izlar
Tan olmoq
-
Oʻz xatolarini tan olmoq.
-
Adolat har kuni kechqurun Usmonjonni koʻrish orzusida uyiga oshiqar, uni sogʻinar, lekin buni tan olishga oʻzidan-oʻzi uyalardi. S. Zunnunova, Gulxan;
-
Zarifa uncha-muncha yigitni tan olib yaqinlashishga shoshilmasdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Raisni tan olmay qoʻyishlariga ham sal qoldi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Tanini bagʻishlamoq
-
Uning nikohiga tanini bagʻishlagan odam kiradi Men emas. K. Yashin, Hamza
-
Bormay turib bagʻishlasin tanini, Soʻngra koʻrsin xotin mehribonini. Gulshanbogʻ
Taqdirga tan bermoq
-
Yarash polvon keksa momolarning tiliga kirib, xotinini turkona muolaja qildirdi. Foyda chiqmadi. Keyin er-xotin taqdirga tan berdilar. S. Siyoyev, Otliq ayol
TAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar