tamshan
bilan ulashing
1. Biror narsa yeyayotgan, chaynayotgandek, ogʻiz ochmay, lablarini qimirlatmoq; ogʻzidagini totib koʻrayotgandek boʻlib, lablarini ochmay chaynamoq.
-
Elmurod qoʻl choʻzib, moshkichiridan jindek ogʻziga soldi-da, boʻynini qisib, yerga qaragan koʻyi, sekin tamshandi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ogʻzidagi turshakni u lunjidan bu lunjiga oʻtkazib, tamshanib, chaynab oʻtirardi. Mirmuhsin, Dorbozlar
2. Totigisi kelib, lab-lunjini qimirlatmoq.
-
Umida quruqshab borayotgan ogʻzini ochib tamshanar edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Shayxning barzangi xizmatkori moʻl-koʻl taomni koʻrib tamshandi. S. Siyoyev, Avaz
-
Normamat xoʻrozqandga toʻymagan boladay tamshanib qoldi. Yoshlik
TAMSHAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАМШАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tamshan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar