tuga
bilan ulashing
1. Oxiriga, nihoyasiga yetmoq, tamom boʻlmoq.
-
Savol-javob tugadi. Majlis tugadi. Chopiq tugadi.
-
Oʻqish tugarmidi? Oʻla-oʻlguncha oʻqish kerak. Uygʻun, Navbahor
-
Oʻzbek oyimning gapi tugamasdan, Kumush yana jomga intildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Voy, ish oʻlsin, uy ishi tugaydimi? S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Safar tugab, qaytish vaqti ham yetib keldi. N. Orifjonov, Shonli avlod
-
Bomdod namozi tugagan shekilli, toʻp-toʻp odam kela boshladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Oʻtib ketmoq, oʻtmoq.
-
Qish tugadi. Vaqt tugadi.
-
Oktyabr oyi ham tugadi, oʻrik yaproqlari sovuqda oʻynagan yosh bolaning loʻppi yuziday qizardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Ishlatilib, sarflanib tamom boʻlmoq.
-
Quduqning suvi tugadi. Ovqat tugadi. Kuch-quvvati tugadi. Davlat tugar, bilim tugamas. Maqol
-
Korsondagi qimiz tugab, shoʻrva ham ichildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hash-pash deguncha dasturxondagi burda nonlar tugab, bolalar darvoza tomon chopishdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Ahmad choʻntagini titkilab koʻrsa, sigareti tugabdi F. Musajonov, Himmat
4. Yakun topmoq, tamom boʻlmoq, oʻtmoq (vaqt, muddat, makon va shu kabilar haqida).
-
Vaq-tim tugadi. Yozgi taʼtil tugadi.
-
Sumbula tugab, kuz boshlanayotgan edi. F. Musajonov, Himmat
-
Birinchi smena tugay deb qolganda, Saodatxon rayondan qaytdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Sayhonlik tugab, tutash bogʻlar koʻrindi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Yoʻl tugar-u uyiga kirar Qiz zangori eshikni ochib. X. Davron
5. Biror natija bilan yakunlanmoq, natijalanmoq.
-
Xoʻsh, chekish nima bilan tugaydi? Gazetadan
-
Iskandarovning birinchi muomalasidanoq Yodgor ish yaxshilik bilan tugamasligiga aqli yetdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ishning yaxshi boshlanishi uning muvaffaqiyatli tugashidan dalolat beradi. Gazetadan
6. Barham topmoq, yoʻq boʻlmoq.
-
Savodsizlik tugadi.
-
Oldingi arava xarsang yotqizilgan yoʻldan tuproq yoʻlga oʻtib, qaldirash tugagach, aravakash orqasiga — Meʼmorga qarab qoʻydi. Mirmuhsin, Meʼmor
7. koʻchma Safdan chiqmoq, tamom boʻlmoq, oʻlmoq.
-
Erimbet koʻkragini changallab turardi: Mana endi Japaq tugadi! Muncha sekin yuradi bu? A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
TUGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar