pahlavon
bilan ulashing
1. Barvasta va zabardast; jismoniy baquvvat, bahodir.
-
Pahlavon oʻgʻlon.
-
Ahmadjon u yoq-bu yoqqa borsa, yonida pahlavon ogʻa-ini, vafodor yor, sadoqatli joʻralar hamroh boʻlib yurganday, hech kimdan hayiqmaydi, koʻngli toʻq. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Oʻzi ham xuddi sherga oʻxshagan, chiroyli pahlavon yigit ekan. S. Ismoilzoda, Temur
2. Botir, qahramon.
-
Pahlavon jangchi.
-
Bugun yana Nildan oʻtgan karvonlar, Devni yiqqan pahlavonlar soʻzlasin. A. Sher
-
Rivoyatda aytilishicha, shaharliklar pahlavonning jasadini topib, tantana bilan dafn etishibdi. Fan va turmush
-
Yigit kuylasin, jangda Chin pahlavon boʻldim, deb. H. Poʻlat
3. koʻchma Zabardast, kuchli.
-
Doʻstlarim, hayratda qolmangiz faqat, Pahlavon asrga shu gaplar mosdir. Inson bolasiga mehr ila shafqat — Hammaga xos edi, bizga ham xosdir. A. Oripov, Yillar armoni
PAHLAVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАҲЛАВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pahlavon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar