pakana
bilan ulashing
1. sifatdosh Boʻyi oʻrtachadan past, boʻyi oʻsmay qolgan, boʻyi past.
-
Pakana yigit.
-
Bu xotinning yoshi elliklardan oshgan boʻlib, oʻzi pakana, dumaloq edi. S. Zunnunova, Olov
-
Bir kuni ishxonada oʻtirgan edim, pakana, qoracha bir oʻsmir qoʻlida latta sumka bilan kirib keldi. N. Aminov, Qahqaha
2. Shunday boʻyli shaxs.
-
Yoʻq, bobom boʻlsa, bunaqa gap chiqmasdi. Ovozingni oʻchir, pakana, deb bir musht koʻtarsa, oyim pildir-pis boʻp qolardi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
3. Uncha baland boʻlmagan, pastak.
-
Pakana uy.
-
behizor manzarasi oʻzgacha, yosh-yosh, boʻyi pakana behi daraxtlarining serhosil shoxlari taralib, yer oʻpib yotmoqda. N. Safarov, Olovli izlar
-
Tong otdi, yoʻl chetidagi ikki tup pakana tut tomondan qorashaqshaq shaqillab uchib-qoʻndi. M. Mansurov, Yombi
PAKANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАКАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pakana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan PAKANA so‘ziga berilgan ma’nolar
pakana so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar