beklik
bilan ulashing
1. Bek mavqeyi, lavozimi yoki vazifasi.
-
Men Oyim qishlogʻining bekligining uddasidan chiqolmayman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bek Alpomish beklik qilib, Qorajon bilan birlikda davron surib, mamlakatni obod qilib, Barchin bilan oʻynab-kulib yuraverdi. Alpomish
2. Bek qaramogʻidagi maʼmuriy hudud.
-
Maddohlar — xudoning daxlsiz bandalari, ularni xonlikning har bir bekligi, har bir noibligiga joʻnatsak, zarar qilmas. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Bu yil Hazorasp bekligining oʻzida oʻn ming tanob gʻoʻzaga qurt tushib, hosil boʻlmabdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Beklarga xos xatti-harakat, yurish-turish.
-
Ayniqsa siz hamon oʻzingizning bekligingizga borib, istigʻnoyingizni eskicha olib borasiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Boy otam senga beklik qilibdilar. N. Safarov, Uygʻonish
-
Yunus pari beklik qilib, yoronlar, Sarpoy berdi jami turgan qiziga. Yunus pari
beklik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ham xonligi bor, ham bekligi
BEKLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕКЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beklik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar