bekit
bilan ulashing
1. Yopiq (berk) holga keltirmoq; ochiq yoki ochilib-yopiladigan joyni mahkamlamoq, yopmoq.
-
Sandiqni bekitmoq. Eshikni bekitmoq. Xumning ogʻzini bekitmoq. Teshik-yoriqlarni bekitmoq.
-
Eshikni bekitib, don solinadigan eski xampa ostiga engashdi. N. Aminov, Suvarak.
-
U qutini bekitib turgan silliq mis parchasiga qaradi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
2. Ustini, atrofini oʻrab (qoplab, toʻsib) olmoq; koʻrinmaydigan qilib yopmoq, panalamoq.
-
Yukni brezent bilan bekitmoq. Yuzni bekitmoq. Bulutlar oyni bekitib qoʻydi.
-
Zebo yana qizarib ketdi. Chakka sochlarini tuzatish bahonasi bilan koʻzini bekitdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Choʻpon meni chakmoni bilan bekitib: — Suyunchisiga nima berasiz? — deb soʻrabdi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
-
Rahima Kamolning mushtidan yuzini bekitib, muk tushib oldi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
3. Kimsa bilmaydigan qilib koʻzdan yoʻqotmoq; yashirmoq.
-
Bola oʻyinchoqni bekitdi.
-
-Xanjaringizni ham bekitib qoʻying! — dedi Zulfiqor. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Boʻri yugurib kelib, cholga: — Ota, bir mergan quvib kelayotibdi, meni bekitib qoʻying, — debdi. Chalpak yoqqan kuni
4. Sir tutmoq; saqlamoq, yashirmoq.
-
Men seni yaxshi bilaman, ukajon toʻgʻri soʻz, vijdonli bolasan. Ammo Raimning sirini bila turib, bekitganingga hayronman. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Nahotki qaynonasidan bekitib kiyinsa, nahotki kampirning gaplari rost boʻlsa? Mushtum
5. Toʻsib yoki taqiqlab oʻtkazmay qoʻymoq, yopmoq; mahkamlab toʻxtatmoq.
-
Yoʻlni bekitmoq. Chegarani bekitmoq. Suvni bekitmoq. Gazni bekitmoq.
6. koʻchma Ishi, faoliyatini toʻxtatmoq yoki tamom qilmoq.
-
Koʻrgazmani bekitmoq. Savdoni bekitmoq.
-
Eski shahar ijroqoʻmi Mozorxon, Oqmachit mahallalaridagi eski maktablarni bekitdi. Gazetadan
7. Bukib yoki yopib, yigʻiq holatga keltirmoq (ochilib-yopiladigan, buklanadigan narsalar haqida).
-
Soyabonni bekitmoq. Qalamtaroshni bekitmoq. Kitobni bekitmoq.
BEKIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕКИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bekit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar